O’zbekiston tarixiy shaharlari va tabiati - 10 Kun

O’zbekiston nafaqat tarixiy maskanlari va mehmondo’st xalqi bilan dunyoga mashhur, balki betakror tog’ yon bag’irlari va cho’l landshaftlarini bilan ham millionlab sayohatchilarni o’ziga jalb qiladi. O’zbekistonning yovvoyi tabiati o’ziga xos va sayohatlar davomida mamlakatimizning hayvonot dunyosini kuzatish imkoniyatiga ega bo’lasiz. O’zbekiston tarixiy shaharlari va tabiati bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Bir qarashda, ular qarama-qarshi bo’lib tuyulishi mumkin, chunki madaniyat ta’rifiga ko’ra tabiiy hodisa, odam tomonidan yaratilgan hodisadir. Aslida, ular bir-biri bilan chambarchas bog’liq, chunki madaniyat tabiatdan kelib chiqadi va u odamlarning tabiat bilan o’zaro ta’siridan kelib chiqadi. Barcha madaniy boyliklar, shu jumladan san’at asarlari tabiiy narsalardan qilingan. Tabiat inson yaratgan hamma narsaning onasidir. Tabiat va madaniyat o’rtasidagi munosabatlar, avvalambor, dinning o’ziga xosligi bilan bog’liq bo’lgan madaniyat, uning xarakteri va xususiyatlariga bog’liq. O’zbekiston oshxonasi dunyodagi eng mashhur oshxonalardan biri bo’lib, O’zbekistondagi madaniyat tarkibiga kiradi va juda xilma-xil. O’zbekiston tarixiy shaharlari va tabiati – ushbu turda siz O’zbekistonning har xil hududlarining an’anaviy taomlarini tatib ko’rishingiz mumkin. Ushbu siz sayohatda Xiva, Buxoro, Samarqand, Shaxrisabz kabi dunyoga mashhur tarixiy shaharlarimizni va musulmon olamida tan olingan ulamolarning qabrlarini ziyorat qilasiz. Qolaversa Nurota cho’llarida tashkil qilingan Yurtalarda bir kechani o’tkazish, Aydarko’l sohilida dam olish va betakror tog’ manzaralariga sayr qilish imkoniyatiga egasiz. Biz bilan bog’laning va bizning xizmatlarimizdan foydalaning!

1.Kun: Poezdda Urganchga

2.Kun: Xiva – osmon ostidagi muzey

3.Kun: Xiva → Buxoro

4.Kun: Buxoro – sharq durdonasi

5.Kun: Buxoro → Nurota → Yurta

6.Kun: Yurta → Aydarko’l → Sentob

7.Kun: Nurota tog’lari

8.Kun: Sentob  → Samarqand

9.Kun: Shahrisabz – Amir Temurning ona yurti

10.Kun: Samarqand – yer yuzining sayqali 

Kun1
Poezdda Urganchga (-/-/-)

Poezdninguxlash kayutasida Urganchga borasiz. Urganchga yetib borish vaqti keyingi kun.

Kun2
Xiva – osmon ostidagi muzey (-/T/K)

Urganchdan Xivaga avtobusda boramiz. Dunyoga mashhur Ichan Qalaga sayohat. Kechki ovqat shahar restoranlarining birida. Mexmonxonada dam olish.

Kun3
Xiva → Buxoro (N/T/K)

Nonushtadan so’ng avtobusda Buxoroga otlanamiz (480 km, 6 soat). Tushlik Buxoroi sharif choyxonasida. Buxoroga yetgandan keyin mehmonaga joylashamiz va tarixiy obidalarini aylanishni boshlaymiz: Poi Kalon Minorasi va Poi Kalon me’moriy majmuasi (12 asr), Mir Aram Madrasa va Mir Arab Masjid, qubbali bozorlar: Toqi Zargaron (16 asr), Toqi Telpak Furushon (16 asr) va Toqi Zaroffon (16 asr), Ulug‘bek Madrasa (15 asr), Abdulazizxon Madrasasi (17 asr), Labi Hovuz (16-17 asrlar) va Nodir Devon Begi Madrasasasi (1630).  Kechki ovqat Labi Hovuz bo’yida. Mexmonxonada dam olish.

Kun4
Buxoro – sharq durdonasi (N/T/K)

Nonushtadan so’ng Buxoro shahrining tarixiy obidalariga sayohat: Ark qal’asi, Bolo Hovuz Ismoil Somoniy maqbarasi (9 asr), Chashma Ayub maqbarasi (14-19 asrlar), Sitorai Moxi xosa (Oy va yulduzlar o`rtasidagi joy deb, shoirona nomlangan, 19 asr), Bahovuddin Naqschband maqbarasi (14 asr), Chor Bakr me’moriy majmuasi (16-18 asrlar). Kechki ovqat shahar restoranlarining birida. Mexmonxonada dam olish.

Kun5
Buxoro → Nurota → Yurta (N/T/K)

Nonushtadan so’ng Buxorodan Nurotaga qarab yo’l olamiz. Nurotada Muqaddas «Chashma» bulog’ini ziyorat qilamiz. Tushlik Nurota choyxonalarining birida. Unda keyin Nurota cho’lida joylashgan chodirlar lageriga boramiz. Nurotalik qozoq yurtdoshlarimiz tashkil qilgan chodirlar lageri atrofida tuyalarda sayr qilamiz. Kechki ovqatdan so’ng chodirlarda dam olish.

Kun6
Yurta → Aydarko’l → Sentob (N/T/K)

Nonushtadan so’ng avtobusda Aydarko’lga boramiz. Aydarko’l bo’yida sayrdan so’ng Nurota tog’larida joylashgan so’lim qishloq – Sentobga boramiz. Tushlik Sentob qishlog’ida joylashgan oilamizda. Tushlikdan so’ng dam olish.

Kun7
Nurota tog’lari (N/T/K)

Nonushtadan so’ng Nurota tog’lariga sayr. Tushlikka tog’da piknik amalga oshiriladi. Tushlikdan so’ng oilaga qaytib kelamiz. Kechki ovqat va dam olish oilada.

Kun8
Sentob  → Samarqand (N/T/K)

Nonushtadan so’ng yer yuzining sayqali, azim shahar Samarqandga yo’l olamiz. Samarqandda mexmonxonaga joylashamiz. Tushlik shahar restoranlarining birida. Undan keyin dunyoga mashhur Registon me’moriy majmuasini va temuriylar maqbarasi hisoblanmish Go’ri Amir maqbarasini ziyorat qilamiz. Kechki ovqat shahar restoranlarining birida. Mexmonxonada dam olish.

Kun9
Shahrisabz – Amir Temurning ona yurti (N/T/K)

Nonushtadan so’ng ko’hna Shahrisabz shahriga yo’l olamiz. Shahrisabzda dunyoga mashhur Oq Saroy me’moriy majmuasi (1380-1405), Ko’k Gumbaz masjidi, Dorus Soadat me’moriy majmuasi va Jahongir maqbarasini ziyorat qilamiz. Tushlik shahar restoranlarining birida. Tushlikdan so’ng Samarqand shahriga qaytamiz. Kechki ovqat shahar restoranlarining birida. Mexmonxonada dam olish.

Kun10
Samarqand – yer yuzining sayqali (N/T/-)

Nonushtadan so’ng yer yuzining sayqali, azim shahar Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qilamiz: Bibi Xonim masjid va madrasasi (14 asr), Siyob bozori, Shohi Zinda me’moriy majmuasi (9-14 asrlar) va Ulug’bek observatoriyasi (1428-1429). Tushlik shahar restoranlarining birida. Tushlikdan so’ng sayohatimiz o’z nihoyasiga yetadi, o’z manziliga yetib olish uchun poezdga chipta istaganlarga kompaniyamiz yaqindan ko’maklashadi.

Narx o'z ichiga oladigan xizmatlar

  • Mexmonxo ikki / ko’p kishilik xonalarida dam olish
  • Xivaga boradigan poezd biletlari
  • Barcha transport xarajatlari
  • Programmada ko’rsatilgan barcha ovqatlanishlar
  • Tarixiy obidalarga kirish chiptalari
  • Xoxlovchilar uchun o’z manzillariga qaytish chiptalari

Narx o'z ichiga olmaydi

  • Mexmonxonalardagi shaxsiy xarajatlar
  • Programmada ko'rsatilmagan ovqatlanishlar
  • Sug'urtaning har qanday turi
  • Uchoq biletlari
  • Spirtli va spirtsiz ichimliklar

So'rovingizni quyida keltirilgan so'rovnoma orqali yuborishingiz mumkin.

O’zbekiston tarixiy shaharlari va tabiati
Narxi
USD 500 Kishi boshiga
Sayohatchilarni qo'shish
Kishi
USD 500 Kishi boshiga
Buyurtmaga yordam kerakmi? Bizga xabar yuboring

Sayohat faktlari

  • UZS 450.000,00
  • Nonushta / Tushlik / Kechki ovqat
  • 10 - 16
  • 10
  • Xiva, Buxoro, Nurota, Yurta, Aydarko'l, Sentob, Samarqand, Shahrisabz
  • +998915595207