Yer yuzining sayqali, zaminning eng qadimiy shaharlaridan biri, Rim, Afina, Vavilonlarning tengdosh shahri – Samarqandga sayohat. Tarixda o’tgan shoirlar va tarixchilar Samarqandni chinakam «Sharqning jannatmonand bog’i», «Sharqning bebaho durdonasi», «Yer kurrasining bezagi», «Sharqning Rimi» kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar.
Samarqand shahri joylashgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo’l-ko’lligi «Avesto» kitobining she’rlarida maqtalgan edi. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning o’rtalarida yunon manbalarida Samarqand shahrining nomi Maroqand sifatida tilga olinadi, o’rta asrlarga kelib qadimiy Samarqandning xarobalari Afrosiyob deb nomlanadigan bo’ldi. Samarqandga sayohat moboynida siz qadimiy Afrosiyob xarobalariga tashrif buyurasiz. Samarqand shahri haqida eng birinchi yozma manba eramizdan avvalgi 329 yilga oid bo’lib, u Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) boshchiligidagi yunon-makedon lashkarlari shaharni ishg’ol qilgan davrga to’g’ri keladi. Eramizning birinchi asrlaria kelib shahar qudratli Kangyuy davlati hukmronligiga ostiga tushib qolgan edi.
VI—VII asrlarda Samarqand shahri turk hoqonligi nazorati bo’lgan va hoqonlik tarafidan boshqarilgan. VII asr oxirida – VIII asr boshida shahar islomiy lashkarlar tarafidan fatx qilindi va shahar xalqi Islom dinini qabul qildi. Ushbu fatx xalqning turmush tarzini va shahar arxitekturasining keskin o’zgarishiga katta turtki bo’ldi. Samarqandga sayohat moboynida ziyorat qilishimiz mumkin bo’lgan tarixiy obidalarning barchasi xalqning Islom dinini qabul qilishi oqibatida va islomiy an’analarga tayangan holda yaratilgan tarixiy obidalardir.
1220 yili shahar Chingisxon qo’shinlari tarafidan bosib olinib, qadimiy shahar to’liq yer bilan yakson qilindi. XIV asr — XV asrning o’rtalarida Samarqandning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti keskin o’zgardi va shahar buyuk sarkarda Amir Temur tomonidan yaratilgan, Volgadan Gang daryosigacha, Tyan-Shan tizmasidan Bosforgacha yastanib yotgan ulkan imperiyaning poytaxti sifatida dunyoga mashhur bo’ladi. Amir Temur o’zi yaratgan imperiya uchun poytaxt sifatida tanlagan Samarqand shahrini go’zal shaharga aylantirishni orzu qilgan.
O’zining Hindiston, Eron, Suriya, Kavkaz orti davlatlariga qilgan harbiy yurishlaridan u Samarqandga eng mohir me’morlar, zargarlar va allomalarni olib kelar edi. Amir Temur yaratuvchi ijodkor edi, u rassomlar va shoiralr, mutafakkir va olimlarni qo’llab-quvvatlar edi. Bu fe’l-atvor keyinchalik uning nevarasi – Mirzo Ulug’bekka ham o’tdi, uning besh asr avval yaratilgan rasadxonasi, yulduzlar katalogi va xaritasi butun dunyoni bugungi kungacha hayratda qoldib kelmoqda. Samarqandga sayohat moboynida siz ushbu mo’jizaviy shaharning barcha tarixiy obidalaridan bahramand bo’lasiz!
1. Toshkent → Samarqand; Samarqand tur-programma; Samarqand → Toshken