Istanbulga sayohat – o‘tmishda Rim, Vizantiya va Usmoniylar kabi uch buyuk saltanat poytaxti bo‘lganidan bu shahardagi Vizantiya osori-atiqalari, Usmoniylarning ajib obidalari kishini hayratga soladi. Mo‘’jizakor tarixiy obidalarni kuzatar ekansiz, Antik davrda yuz ming odamni bag‘riga sig‘dirgan ippodrom maydoni e’tiboringizni tortadi. Maydon o‘rtasiga Misrdan keltirilgan uch yarim ming yillik tosh ustun o‘rnatilgan. Ehromlarga tengdosh obida yonida Usmoniylar me’morchiligi durdonasi Sulton Ahmad (Moviy jome) masjidi qad rostlagan.
Mezanalari ko‘kka bo‘y cho‘zgan ulkan masjid qarshisida savlat to‘kib turgan Ayo Sofiya ziyoratgohi sayyohlarni maftun etadi. Bir yarim ming yil avval cherkov bo‘lgan, keyin masjid bo‘lgan bu muhtasham binoni Mustafo Kamol Poshsho muzeyga aylantirgan edi, butun dunyo g‘ayridinlarining ayyuhannoslariga qaramay, Erdo‘g‘an janoblari uni yana masjidga aylantirdi. Bugun bu yerda besh vaqt namoz o‘qilmoqda.
Muqaddas qadamjolardan biri – Ayyub al-Ansoriy maqbarasidir. Bu al-Ansoriy 678 yili shahar ostonasida shahid bo‘lgan. 1453 yili shahar Fotih Mahmud tomonidan egallangach, sahoba xoki yotgan maskanda maqbara va masjid bino qilingan.
Sulaymoniya masjidi yana bir muhtasham obida. 1550-1557 yillarda Sulton Sulaymon buyrug‘i bilan qurilgan. Masjidning 53 metrli niliy gumbazi bir necha chaqirimdan ko‘rinadi. Xonaqohning 136 ta derazasidan tushayotgan quyosh nurlarida kamalak jilva etadi.
Ana shu yerda “Muhtasham yuz yil” fil’mi orqali tomoshabinlar sevib qolgan Sulton Sulaymon va Xurram Sultonlarning qabrlarini ham ziyorat qilish mumkin.
1.Kun: Istanbulga uchish
2.Kun: Usmonli imperiysi durdonalari
3.Kun: Misr bozori va Bosfor ko’rfaziga kemada sayohat
4.Kun: Buyuk Orolga sayohat
5.Kun: Istanbulni kashf qilish
6.Kun: Istanbul bozori
7.Kun: Vatanga qaytish