Qadimgi Misr — Afrikaning shim.-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qadimiy davlat.
Misrda odamlar paleolit davridan boshlab yashagan. Miloddan avvalgi 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shug‘ullanishgan. Ular orasida qadimiy som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar bo‘lib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4 ming yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka o‘tishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Dehqonchilik qilish uchun kanallar, to‘g‘onlar qurish zaruriyati tug‘ilgan, buning uchun esa o‘zaro urushlarda asir tushgan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish ro‘y berib, urug‘ zodagonlari ajralib chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan va bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular o‘rtasidagi kurash natijasida, shimolda Quyi Misr, janubda Yuqori Misr podsholiklari tashkil topgan. Miloddan avvalgi taxminan 3 ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo bo‘lgan. Misrning keyingi tarixi 4 asosiy davrga bo‘linadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000 — 2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), O‘rta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 1580—1070), So‘nggi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332).
Ilk podsholik davri sug‘orish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis kurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo bo‘lishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan xarakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amaldorlar — kotiblar tabakasi shakllangan, ma’muriy okruglar — nomlar tashkil topib, ularni noma rxl ar boshqargan, muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirilib turilgan, jumladan, jan. ga — Kush (Nubiya)ga, shim.-g‘arbga — liviyaliklarga va Sinay ya. o. dagi badaviylarga qarshi (bu yerda mis konlari bor edi) yurishlar qilingan.
Qadimiy podsholik davrida qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, savdo va qurilish rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo bo‘lgan. Oliy mansabdor — tchati (vazir) bosh bo‘lgan davlat apparati mustahkamlangan. Fir’avnlar, shuningdek, bosh kohin ham bo‘lib, barcha yer va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa a’zolari va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan muntazam qo‘shin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan fir’avnlarning mutlaq hokimiyati g‘oyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III — IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan.
Miloddan avvalgi 23—22-asrlarda Misr o‘zaro nizoda bo‘lgan bir qancha nomlar va mayda davlatlarga bo‘linib ketgan. Taxminan 2050 yilda Mentuxotep I davrida mamlakat Fiva shahri gegemonligi ostida qayta birlashgan. Bu shaxar Misrning poytaxtiga aylangan.
O‘rta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan. Fayyum vohasida yirik irrigasiya ishlari olib borilgan. Jez (bronza) buyumlari paydo bo‘lgan. Suriya, Krit, janubda — Punt bilan aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida Kush (Nubiya)ning bir qismi Misrga qo‘shib olingan. XII sulolaga mansub dastlabki fir’avnlar davrida o‘zaro ichki nizolar davom etmoqda edi. Faqat Amenemxet III davrida (19-a. ning 2-yarmi) isyonkor nomarxlar bo‘ysundirilib, markaziy hokimiyat mustahkamlangan. Ittaun shahri Misr poytaxtiga aylangan. Biroq mulkiy tabaqalanishning kuchayishi kambag‘allarning qo‘zg‘oloniga sabab bo‘lgan, natijada taxminan 1750 y. mamlakat yana parchalanib ketgan. Taxminan 1700 yillarda Misrga shimoliy-sharqdan giksoslar bostirib kirib, mamlakatning katta qismini deyarli 110 yil egallab turganlar. Avarisda qo‘nim topgan ularning podshoxlari XV va XVI sulolani tashkil etishgan. Fivada mahalliy hukmdorlar saqlanib qolgan (XVI1 sulola). Ushbu sulolaga mansub fir’avnlardan Sekenenra va Kamos ozodlik urushini boshlab yuborishgan, bu kurash ularning vorisi XVIII sulola asoschisi Yaxmos I (Amasis) tomonidan muvaffaqiyatli yakunlangan. U taxminan 1580 yilda giksoslarni Misrdan quvib chiqargan. Shundan so‘ng tiklangan Misr davlati Yangi podsholik deb atalgan. Bu davrda jezdan keng qo‘llanila boshlangan, temirdan ishlangan dastlabki buyumlar paydo bo‘lgan, metallsozlik, to‘qimachilik dastgohi va omoch takomillashgan, g‘ildirakli ara-valar keng tarqalgan, shishasozlik rivojlangan. Bo‘ysundirilgan va qo‘shni mamlakatlardan o‘lpon sifatida va ayirboshlash yo‘li b-n xom ashyo olib kelingan, jumladan, kumush, qo‘rg‘oshin, mis, yog‘och materiallari Suriya va Falastindan, oltin, fil suyagi Kushdan, xushbo‘y atirlar, oliy nav daraxt ko‘chatlari Puntdan keltirilgan. Malika Xatshepsut tomonidan Puntga jo‘natilgan flot haqidagi ma’lumot saqlangan. Xususiy qulchilik nihoyatda keng rivojlangan. Muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan so‘ng 10 minglab qullar keltirilgan. Tinimsiz davom etgan urushlar XVIII—XX sulolalar fir’avnlarini qo‘shin tuzilishini takomillashtirishni o‘ylashga majbur qilgan, qo‘shin asosini zodagon aravakashlar tashkil qilgan. Piyoda qo‘shin uchun namunaviy qurol, xususan, ulama kamon joriy etilgan. Bu tadbirlar armiyaning jan-govarlik qobiliyatini oshirgan. Yaxmosning vorislari Tutmos I, ayniqsa, Tutmos III, Amenxotep II shimolda Suriya va Falastinni, janubda — Kushning bir qismini Misrga qo‘shib olganlar. Mitanni, Bobil va Xett podsholigi bilan muntazam diplomatik alokalar o‘rnatilgan. Amenxotep III davrida (15-a. ning 2-yarmi) Misr o‘z qudratining yuksak cho‘qqisiga yetgan. Fir’avnlardan katta yerlar, qullar, oltin va b. olib turgan ibodatxonalar mavqeining ortishi kohinlarni podsho hokimiyati bilan to‘qnashuviga olib kelgan. Kohinlar va zodagon nomlar mavqeini pasaytirish maqsadida Amenxotep IV (Exnaton) mayda va o‘rta yer egalariga tayangan holda diniy islo-hot o‘tkazgan, xususan, eski ma’budlarga sig‘inishni bekor qilib, yagona quyosh ma’budi — Atonga sig‘inishni joriy qilgan. Exnaton o‘z qarorgohini yangi qurgan shahri Axetatonga (hozirgi Al-Amarna) ko‘chirgan. Fir’avn bilan kohinlar o‘rtasidagi kurash Misrni za-iflashtirgan; 14-asrning 1-yarmida u shimoldagi barcha mulklardan ajralgan. Exnatonning vafotidan so‘ng fir’avnlardan Tutanxamon va Xoremxeb davrida kohinlar va zodagonlar eski dinni tiklashga erishganlar. XIX sulolaning eng mashhur vakili Ramses I davrida Suriyani egallash uchun xettlar bilan kurash olib borilgan. Miloddan avvalgi 13-asrning 2-yarmi — 12-asr boshida, fir’avnlar Merneptax va Ramses IV davrida «dengiz xalqlari» va liviyaliklar bosqini qaytarilgan.
Uzok, davom etgan urushlar Misrning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va Kushning janubiy viloyatlaridagi mulklar qo‘ldan ketgan. Ramses XII davrida (miloddan avvalgi taxminan 1070 yillarda) Fivadagi hokimiyat amalda Amon ma’budning oliy kohini — Xerixor qo‘liga o‘tgan.
So‘nggi (Liviya — Sais va Eron) davrida temirdan foydalanish, pul muomalasi keng tarqalgan. 11-asrning 2-yarmi —10-asr boshida Misrning navbatdagi parchalanishidan so‘ng liviyalik harbiylar rahbari Sheshoik 10-asr o‘rtasida Bubastisda xokimiyatni qo‘lga olib, XXII sulolani boshlab bergan. Bu sulola fir’avnlari Misrni yagona davlat qilib birlashtirishga intilganlar. Miloddan avvalgi 8-asr 2-yarmida Misr Kushga tobe bo‘lib qolgan (XXV sulola), miloddan avvalgi 671 yilda esa ossuriyaliklar tomonidan bosib olingan. Sais hokimi Psammetix 1 (663—610) yunon va kariyalik yollanma qo‘shin yordamida mamlakatni ozod qilishga va uni birlashtirishga erishgan. U va uning vorisi Nexo II davrida Yunoniston va Sharqiy O‘rta dengizning boshqa mamlakatlari bilan mustahkam savdo aloqalari o‘rnatilgan, Del’tada yunonlar manzilgohi (koloniyasi) Navkratisga asos solinadi, Nilni Qizil dengiz bilan bog‘lovchi kanal kaziladi; Nexo II tomonidan yuborilgan finikiyalik dengizchilar Afrika qit’asini Sharkdan G‘arbga aylanib o‘tishgan. Nexo II, Psammetix II va Apriy Suriya va Falastinga egalik qilish uchun Bobil bilan kurash olib borishgan. Biroq zaiflashib qrlgan Misr Eron podshosi Kambis qo‘shini zarbasini qaytara olmagan va miloddan avvalgi 525 yilda Axomaniylar davlati tarkibiga qo‘shib yuborilgan. Miloddan avvalgi 331 yilda Aleksandr (Iskandar Maqduniy) axamoniylarga qarshi yurishi chog‘ida Misrni bosib olgan. Shundan so‘ng Misr ellinistik dunyoning bir qismiga aylangan. Makedoniyalik Iskandar tomonidan asos solingan Iskandariya shahri eng yirik savdo va madaniy markazga aylangan. Misrda hunarmandchilik va savdoning yangi markazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha) kengaygan, G‘arb va Sharq davlatlari madaniyatlarining uyg‘unlashuvi sodir bo‘lgan. Miloddan avvalgi 2-asrning oxiriga kelib ishlab chiqarish pasaygan, bozorlar kamaygan, iqtisodiy va siyosiy tushkunlik ro‘y bergan. Miloddan avvalgi 2-asr boshlarida Sshavkiylar davlati va Makedoniya bilan bo‘lgan urushlardan so‘ng Misr ko‘p yerlaridan ajralgan. Mamlakatda o‘zaro ichki nizolar, xalq galayonlari avj olgan. Bu davrda Rim Misrning ichki ishlariga aralasha boshlagan. Misr zodagonlari uning yordamida galayonlarni bostirishga harakat qilgan. Bu Misrni Rimliklar Misrliklar ma’budi Totierogrif yozuvi ijodkori (papirus; London, Britaniya muzeyi). tomonidan bosib olinishiga imkon bergan, natijada miloddan avvalgi 30 yildan Misr — Rim viloyati. Milodiy 395 yilda Rim imperiyasi bo‘lingach, Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) viloyati 619 yilda Eron shohi Xusrav II Vizantiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, Misrni bosib olgan. 639—642 yillarda Misrni arablar zabt etgan.
Qadimgi Misr hukmdorlari
Ilk podsholik:
- 1-sulola: Menee, Jer, Den, Semerxet, Ka
- 2-sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qadimgi podsholik
- 3-sulola: Joser, Sexemxet, Neferka
- 4-sulola (mil. av. 28—26a. o‘rtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeeskaf
- 5-sulola (mil. av. 26—25-a. lar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una
- 6-sulola (mil. av. 25—23-a. o‘rtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II.
- 7, 8, 9-sulolalar (mil. av. 23—22-a. o‘rtalari)
- 10-sulola (mil. av. 22—21-a. o‘rtalari)
- 11-sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Nebxepetra
O‘rta podsholik:
- 12-sulola: Mentuxotep IV Sanxkara (2015—2007), Mentuxotep V Nebtauira (2007—2000)
- 12-sulola (2000—1787): Amenemxet I (2000-1970), Senusert I (1970-1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III (1884—1849), Amenemxet III (1849 — 1801)
- 13–sulola (1785—1700)
- 14-sulola (1680 y. gacha)
- 15– va 16– (giksoslar) sulola (1700—?)
- 17-sulola (1680 — 1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik
- 18-sulola (1580—14-a. o‘rtalari): Yaxmos I (1580—1559), Amenxotep I (1559-1538), Tutmos I (1538-1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanxamon (1400—1392), Xoremxeb (14-a. o‘rtalari)
- 19-sulola (1342-1206): Seti I (1337-1317), Ramses II (1290—1224)
- 20-sulola (1204 — 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070). So‘nggi podsholik (mil. av. 11—4-a. lar)
- 21-sulola (1085—950): Xerixor (Fiva), Smendes (Tanis) (1035— 1054)
- 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870— 847), Sheshoik III (823-772)
- 23-sulola (817-730): Pe-dubast (817—763), Sheshoik IV (763 — 757)
- 24-sulola (730—715): Bokxoris (720 — 715)
- 25–(nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716), Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taxarka (689—663), Tanutamon (663 — 656)
- 26–sulola (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594), Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525)
- 27-(forelar) sulola (525—404, yana q. Axomaniylar)
- 28-sulola (404—398)
- 29-sulola (398—378)
- 30-sulola (378—341)
- 31–(forelar) sulola (341—322, yana q. Axomaniylar).
Maorifi
Qadimgi podsholik davrida fir’avnlar saroyida bo‘lajak mirzalarni tayyorlaydigan maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat idoralari qoshida xam maktablar ochilgan. Maktabda 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qitilgan; 12 yoshdan boshlab talabalar idoralarda mirzalik qilishgan. Mashg‘ulotlar tong saxardan kechgacha davom etgan; maktabda qattiq in-tizom joriy etilgan, tan jazosi qo‘llanilgan. O‘quv, yozuv va hisob asosiy fanlar bo‘lgan. O‘quv predmetlaridan tashqari, maktabda gimnastika mashg‘ulotlari va suzish, yaxshi muomalaga o‘rgatilgan. Ibodatxonalar qoshidagi maktablarda umumiy va diniy bilimlar bilan birga astronomiya, tibbiyot o‘rgatilgan. Zodagonlarning bolalari qo‘shin boshliklari tayyorlaydigan harbiy maktablarda ta’lim olishgan.
Texnika va fani
Nil vodiysida paleolit davridayoq mehnat qurollari ishlangan. Keyinchalik neolit davrida (mil. av. 5ming yillik) aholi ovchilikdan chorvachilik, so‘ngra dehqonchilikka o‘tishi bilan tosh, suyak va yog‘ochdan ishlangan dastlabki q. x. asboblari — cho‘kich, o‘roq va b. paydo bo‘lgan. Mil. av. 4ming yillikdan boshlab, mis ishlatila boshlangan, kulolchilik dastgohi paydo bo‘lgan. 3ming yillikdan shishasozlik rivojlana boshlagan. 2-ming yillikdan jezdan foydalanila boshlangan. Temirdan yasalgan ilk buyumlar mil. av. 2-ming yillik o‘rtalariga oiddir. Misrliklar oltin va kumushdan haqiqiy san’at asarlarini yaratganlar. Sun’iy sug‘orishdan keng foydalanilgan, kanal va to‘g‘onlar bunyod etilgan. Yuqoriga suv chiqarish uchun laylak (havoza-shaduf), chig‘ir (sakkis)dan foydalanishgan. Ilk podsholik davrida omoch paydo bo‘lgan.
Qadimgi Misrda asosiy qurilish materiali sifatida loy va qamishdan foydalanilgan. Fir’avnlar saroyi va qal’alar qurilishida xom g‘isht ishlatilgan. Toshlarga sayqal berishda misrliklar ajoyib yutuklarga erishganlar. Ehromlar qurishda ishlatiladigan katta tosh plitalarni yuqoriga richag, havoza yordamida ko‘targanlar. Matematika, astronomiya taraqqiy etgan. Kohinlar va mirzalar oddiy asboblar (chizgich, tosh bog‘langan ip) yordamida sayyoralar va yulduzlarning holatini belgilashgan. Vaqtni belgilash uchun quyosh va suv so-atlari (klependralar)dan foydalanganlar. Sodda geografik xaritalar va shahar loyihasi rejalari tuzilgan. Misr liklar planimetriya, ayniqsa, stereometriya sohasida bilimli bo‘lishgan; to‘g‘ri to‘rtburchaklar, uchburchaklar, aylanalar yuzasi, oddiy va kesik piramidalar sirti va hajmini hisoblab chiqishgan. Yil 3 mavsum (toshqin, o‘rim, qurg‘oqchilik) va 12 oyga bo‘lingan. Har oy 30 kundan iborat bo‘lgan, yil oxirida qo‘shimcha 5 kun kiritilgan, bu har 4 yilda astronomik yil bilan kalendar’ yili o‘rtasidagi 1 kunga farq qilinishiga imkon bergan. Jarrohlik rivojlangan, tabiblar bosh miyani ochganlar, tishlarga plomba qo‘yganlar. Jasadlarni mumiyolashda turli anvoi xushbo‘yliklar, doridarmonlar, bo‘yoqlar va b. ni tayyorlashgan.
Misr liklarning turli sohalardagi bilimlari jahon fanining rivojiga muhim hissa qo‘shgan. Yunonlar Misrni qad. donishmandlar yurti deb, Misr liklarni esa o‘z ustozlari deb hisoblab kelishgan.
Mifologiya va dini
Misr miflari orasida markaziy o‘rinni dunyoni yaratilishi, insonlarni qilgan gunoxlari uchun jazolash, quyosh xudosi Ra bilan ilon Apop obrazidagi zulmat kuchlari o‘rtasidagi kurash, Osirisning o‘limi va qayta tirilishi va b. egallaydi.
Misr liklar dini ilk urug‘doshlik jamoalarida vujudga kelgan. Diniy an’analar mustahkam va turg‘un bo‘lgan. Fetishizm, totemizm ayniqsa, hayvonlarga topinish, Misrda uzoq vaqt davom etgan. Politeizm mavjud bo‘lgan. Deyarli har bir ma’bud qandaydir hayvon ko‘rinishida tasvirlangan. Mac, Anubis ma’budi bo‘ri, ma’buda Bast — mushuk ko‘rinishida tasvirlangan. Keyinchalik ma’budlar insoniy qiyofa olgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullana boshlagach, turli xil tabiat kuchlarini o‘zida ifodalovchi ma’budlarga, jumladan, osmon (ma’bud Nut), Yer (ma’bud Geb), Quyosh (ma’bud Ra), Oy (ma’bud Tot) va b. ga sig‘inish kuchaygan. Xapi ma’budi obrazida Misrlik dehqonlar Nil daryosiga sig‘inishgan. Misrda juda boy diniy va jodu kitoblari yaratilgan. Afsunlar, duolar, sharxlar, ma’budlarga iltijolar to‘plam qilingan (mas, «Ehrom matnlari», «Sarqofa matnlari», «Murdalar kitobi» va b.). Qad. Misr ilo-hiyoti antik dunyo dinlarida keng tarqalib, xristian aqidalari, urf-odatlariga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Adabiyoti
Misr tilida yozilgan eng qad. yodgorliklar mil. av. 3ming yillikka, so‘nggilari esa mil. ning boshlariga oiddir. Misr adabiyoti namunalari bizgacha ko‘plab ieroglif, ieratik va demotik matnlarda yetib kelgan. Misr Adabiyoti Fir’avn Taxarka ulkan lochin kiyofasidagi ma’bud, Gorga sajda qilmoqda (zarhal jez; Parij, Luvr). dunyodagi eng kad. adabiyotlardan biridir. Misr adabiyotining asosiy janrlari: ertaklar, qissalar, madhiyalar va duolar, didaktik asarlar, masallar, dostonlar, sevgi lirikasi va boshqalardir.
Badiiy adabiyot yodgorliklari bilan birga Misr adabiyotiga ehrom matnlari va adabiy salohiyatga ega bo‘lgan shohlar va amaldorlarning bitiklari ham kiritiladi. Misr adabiyoti qadimda boshqa xalqlar adabiyotiga, jumladan, yunon adabiyotiga (ayniqsa, yunonrim) ham ta’sir ko‘rsatgan. Ba’zi syujetlar yunonlar orqali Yevropa xalqlari adabiyotiga kirib kelgan.
Me’morlik, tasviriy va amaliy-bezak san’ati. Din va ilohiylashtirilgan fir’avn kul’ti ehtiyojlariga xizmat qilishi lozim bo‘lgan Misr san’ati o‘z g‘oyalarini qat’iy belgilangan shaklda ifodalagan. Me’morlik fir’avnlar hokimiyatining qudratini, ulug‘vorligini va mashhurligini ko‘rsatishga qaratilgan, shu maqsadda bino (ehrom, ibodatxona, saroy va b.) larning ulkan, hashamatli bo‘lishiga ahamiyat berildi.
Nil daryosi vodiysidagi badiiy madaniyat yodgorliklari qadimdan ma’lum. Miloddan avvalgi 5—4 ming yilliklarda loy va qamishdan qurilgan turar joylar o‘rniga asta-sekin yog‘och va xom g‘ishtdan to‘g‘ri to‘rtburchak tarxli turar joylar qurilgan. Ilk podsholik davrida qad. Misr san’ati tamoyillari, turlari va janrlari shakllangan. Bu davrda diniy me’morlikning asosiy turi — mastabalar to‘g‘ri to‘rtburchak tarxda ko‘plab qurilgan. Haykaltaroshlikda geometrik uyg‘unlik, simmetriya va statistikaga e’tibor berilgan (fir’avn Xasaxem xaykali, mil. av. 3ming yillik boshlari).
Qadimgi podsholik davrida badiiy usullar takomillashgan, yangi me’moriy tiplar paydo bo‘lgan. Me’mor Imxotep exromning me’moriy tipini yaratadi. U Fir’avn Joser uchun Sakkarada marhumlar ruhiga bag‘ishlab marosimlar o‘tkaziladigan majmua bunyod etadi, uning markazida pog‘onali maqbara — ehrom (bal. 60 m., asosi 109,2×121 m) qurgan. Keyinchalik Qadimgi podsholik me’morlari faqat ehrom shakllarini takomillashtirganlar. Gizada me’mor Xemnun fir’avn Xeops uchun qurgan ehrom (bal. 146,59 m, asosi 233×233 m), shuningdek, fir’avnlar Xefren (bal. 143,3 m, asosi 215,25×215,25 m), Mikerin (bal. 62 m, asosi 108,4×108,4 m) ehromlari (barchasi Gizada) shunday inshootlar qatoriga kiradi. Qadimgi podsholik davrida ibodatxonalarning yangi tipi paydo bo‘lgan, ular odatda Misrning bosh ma’budi — Quyosh ma’-budi Raga bag‘ishlangan. To‘g‘ri to‘rtburchak tarhli bunday ibodatxonani, odatda, ochiq qovlisi bo‘lib, uning chekkalarida sajdagohlar va uchiga oltin qoplangan obelisk joylashgan. Maqbara va ibodatxonalar devoriy rasmlar, rel’ef va haykallar bilan bezatilgan. Bu davrda haykal portretlar san’ati taraqqiy etdi. Misr liklar tasavvuricha haykal portretlar marhumlarning qiyofadoshi rolini o‘tab, ma-rhumlarning ruxlari joylashgan joy vazifasini o‘tashgan.
O‘rta podsholik davrida Misr san’atida bir qator yangi xususiyatlar paydo bo‘lgan. Fir’avnlarning maqbaralari o‘z mahobatini yo‘qotgan, ular ko‘pincha qoya toshlarga o‘yib ishlangan, irrigasiya inshootlari (kanallar, to‘g‘onlar, dambalar, Fayyum tevaragidagi suv omborlari) qurilgan, shaharlarning roli oshgan. Shahar qismlari tabaqaviy bo‘linish asosida qurilib, ular devor bilan ajratilgan. O‘rta podsholik tasviriy san’atida realistik tendensiyalar kuchaygan. Nomarxlarning maqbaralaridagi devoriy rasmlardagi maishiy ko‘rinishlari jonli ishlashga, o‘simlik, hayvon, qushlarni jozibador ko‘rsatishga, haykallarda modelning xarakterini, yoshini va b. ni ifodalashga ahamiyat berildi (fir’avnlar Giksoslar istilosi (mil. av. 1700 — taxm. 1580 y. lar)dan keyin Kds. Misr san’ati tushkunlik davrini boshidan kechirib, Yangi podsholik davrida katta ravnaq topdi. Osiyoga qilingan zafarli yurishlar, Misr boyligini orttirdi, binolarda hasham ko‘paydi. Rasmlar va devoriy rasmlarda ziyofatlar, tantanalar, ov manzaralari aks ettirildi, manzara janriga alohida e’tibor berildi (Rexmir, Naxt, Jes-serkaraseneb maqbaralaridagi devoriy rasmlar, mil. av. 15-a. oxiri). Yangi podsholik davri me’morligida ochiq tipdagi ibodatxona — sajdagohlar keng tarqalgan. Bu ibodatxona devorlariga fir’avnlarning g‘alabalari aks etgan devoriy rasmlar ishlangan (Amonra ma’budning Karnakdagi, mil. av. 16 — 12-a. lar va Luqsordagi ibodatxonasi, mil. av. 15—13-a. lar). Fir’avn Exnaton hukmronligi davrida eski ma’budlarga sig‘inish bekor qilingan, yangi ma’-bud — Atonga sig‘inish joriy qilingan. Yangi poytaxt — Axetaton qurilgan. Haykaltarosh Tutmes yaratgan fir’avn va uning xotini Nefertiti portretlari Qad. Misr san’atining nodir namunalari sifatida hoz. gacha yetib kelgan. Mil. av. 14-a. ning 1-yarmida tasviriy san’atda quruq dekorativlik ko‘proq ko‘zga tashlandi (fir’avn Tutanxamon maqbarasidan topilgan oltin niqob va b.). Mil. av. 14-a. ning 2-yarmidan ibodatxonalar kurilishi kengaygan bu davrda binolarning dabdabali va mahobatli bo‘lishiga e’tibor qaratildi (Karnakdagi 134 kolon nali, devor va kolonnalariga rangdor rel’eflar ishlangan ibodatxona). Qoya ibodatxonalari ham ko‘plab qurilgan (Abu Simbaldagi Ramses II ning katta ibodatxonasi).
Qadimgi Misrda amaliy-bezak san’ati yuksak darajada taraqqiy etganligiga bizgacha saqlanib qolgan shifer, ganch, billurdan ishlangan idishlar, fil suyagi va yog‘ochdan yasalgan qoshiqchalar, tilla baldoq, uzuk, munchoqlar, qimmatbaho toshlar qadab, o‘yma naqsh, tasvir ishlangan qutichalar, badiiy mebel’ va b. misol bo‘lishi mumkin.
Qadimgi Misr Aleksandr tomonidan bosib olingach, mamlakat ellinistik madaniyat, keyinchalik Qadimgi Rim madaniyati ta’sir doirasiga kirgan (Edfudagi ma’-bud Gor ibodatxonasi, mil. av. 3—1-a. lar; Fayyum voqasidan topilgan rangtasvir portretlar, mil. 1—4-a. lar). Misr Vizantiya xukmronligi ostiga o‘tishi bilan (4-a. oxiri), mamlakatda xristian san’atining o‘ziga xos mahalliy ko‘rinishi shakllangan. Mamlakatni arablar fathetgach (7-a.), Misr-Arab madaniyati tarqalgan viloyatlardan biriga aylangan.
Musiqasi
Misr musiqa madaniyati — eng kds. madaniyatlardan biri. Bizgacha yetib kelgan musiqa madaniyatining ilk moddiy yodgorliklari mil. av. 3ming yillikka mansub. Bular turli musika asboblari — shiqildoq, tartarak, hamda chig‘anoqlardan yasalgan hushtaklardir. Maqbaralar devorlariga ishlangan barel’eflar maishiy tur-mushda musiqa keng tarqalganiga guvoxlik beradi. Ommaviy bayramlar, diniy marosimlar, mehnat jarayonlari musiqasiz o‘tmagan. Misrda bir ovozli musiqa rivoj topgan. Yangi podsholik davrida ko‘p ovozli musiqaning sodda shakllari ham paydo bo‘lgan. Raqslar, sahna tomoshalari, badiiy adabiyot musiqa bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Arfa, nay, yog‘och va jez karnay, organ, urma musiqa asboblari keng tarkalgan. Qad. Misrda musiqa ijrochilari — professional musiqachi — shoirlar mo‘’tabar zot sanalib, fir’avnlarga qarindosh deb hisoblanishgan. Ellinistik va Rim davrida Misrda musiqa o‘ziga xosligini saklab qolgan. Rim hukmronligi barham topgach, turk, arab va b. xalqlar musiqa madaniyati bilan uzviy bog‘liqbo‘lgan. Misr musiqa madaniyati taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarilgan (Manba: Muhammadjon Raximov va Abduxalil Mavrulov maqolasi).