O’zbekiston – buyuk ipak yo’lida - 9 Days

Tarixda Evrosiyo xududlarini quruqlik yo‘llari orqali Sharqiy Osiyo va O‘rta Yer dengizini birlashtirgan Buyuk Ipak Yo’lida joylashgan O’zbekiston o’ziga xos tarixiga ega. Markaziy Osiyoning enz katta metropol shahri, O‘zbekistonning  poytaxti, respublika madaniy va siyosiy hayotining markazi bo’lmish Toshkentning diqqatga sazovor joylari o‘zining hilma-hilligi bilan hayratda qoldiradi. Shaharning 2200 yildan ziyod tarixga ega zoroastrizm davrining arxeologik yodgorliklari, o‘rta asrga taalluqli arxitektura shox asarlari, XIX asr oxirlarining monumental saroylari va xozirgi davrning zamonaviy binolari dunyoning turli burchaklaridan mehmonlarni o’ziga jalb qiladi.

Buyuk ipak yo‘lida joylashgan, O’zbekiston respublikasini butun dunyoga tanitgan shaharlardan biri, buyuk sarkarda Amir Temur imperiyasining poytaxti Samarqandning tarixiy obidalari va ziyoratgox manzillari betakrordir.

Sharqning boy arxitektura me’rosi hisoblanmish ko’hna Buxoro o’zining madaniy yodgorliklari, madrasalari, masjidlari, maydonlari, qo‘rg‘onlari, qadimgi shaxarlar xarobalari bilan dunyoga mashxur. Yaqin va O‘rta sharq davlatlarini Hindiston va Xitoy bilan bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharga millionlab mehmonlar tashrif buyurishadi.

Qadimiy Xorazmning asosiy shaxarlaridan biri va O‘zbekistonning Ichan qala (ichki shaxar) nomli butun boshli o‘rta asr shahrini saqlab qolgan shahar Xivadir. Ichan Qala bejiz “Osmon ostidagi muzey” deb nomlanmaydi. Mo’jizaviy ertaklar shaharchasi butun dunyoga mashxur.

Markaziy Osiyo xonliklarining xar biri o‘zining buyuk o‘rdalariga ega bo‘lgan. Shunday arxitektura yodgorliklaridan biri oxirgi Qo‘qon xoni Xudoyor xonning o‘rdasi hisoblanadi. Qo’qon shahri o’zining tarixiy yodgorliklari bilan dunyoga mashxur va O’zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlar tarafidan tashrif buyuriladigan manzillardan biri hisoblanadi.

1.Kun: Vodiyga sayohat 

2.Kun: Vodiyga sayohat 

3.Kun: Andijon → Xiva 

4.Kun: Xiva – osmon ostidagi muzey 

5.Kun: Xiva → Buxoro 

6.Kun: Buxoro – sharq durdonasi 

7.Kun: Shahrisabz – Amir Temurning ona yurti 

8.Kun: Samarqand – yer yuzining sayqali 

9.Kun: Samarqand – yer yuzining sayqali 

Day 1
Vodiyga sayohat (-/T/K)

Ertalab soat 6:30 da Qo’qonga jo’nab ketish uchun Toshkent temir yo’l bekatida to’planamiz. Toshkent → Andijon yo’nalishi bo’ylab harakatlanadigan poezdda Qo’qonga boramiz. Qo’qonning tarixiy obidalarini tamosha qilish: Xudoyorxon sayroyi (1833-1873), Juma masjidi (1809-1812), Amin Bek Madrasasi.

Tushlikdan so’ng Rishton shahriga yo’l olamiz, uy yerda kulolchilik bilan shug’ullanadigan oilaning kulolchilik ishlari bilan tanishamiz. So’ngra Marg’ilon shahriga boramiz, shahar choyxonalarining birida kechki ovqat va mexmonxonada dam olish.

Day 2
Vodiyga sayohat (N/T/K)

Mexmonxonada nonushtadan so’ng Marg’lonning dunyoga mashhur „Yodgorlik“ tarixiy ipakchilik korxonasiga tashrif buyuramiz. Tashrifdan so’ng Marg’ilon dehqon bozorini aylanish. Tushlikdan so’ng Farg’ona va Andijon shaharlarini avtobusda aylanamiz. Kechki ovqat Andijon shahar restoranlarinng birida. Mexmonxonada dam olish.

Day 9
Andijon → Xiva (N/T/K)

Andijon → Xiva poezdi bilan Xivaga bormaiz (jo’nash vaqti Juma kuni soat 06:54, Xivaga yetib kelish vaqti Shanba kuni soat 05:51).

Day 8
Xiva – osmon ostidagi muzey (N/T/-)

Poezdda Xivaga yetib kelish. Nonushta poezdda. Xivada dunyoga mashhur Ichan Qalaga sayohat. Kechki ovqat shahar restoranlarining birida. Mexmonxonada dam olish.

Day 7
Buxoro → Xiva (N/T/K)

Nonushtadan so’ng avtobusda Buxoroga otlanamiz (480 km, 6 soat). Tushlik Buxoroi sharif choyxonasida. Buxoroga yetgandan keyin mehmonaga joylashamiz va dunyoga mashhur Buxoroga sayohatni boshlaymiz. Kechki ovqat shahar restoranlarining birida. Mexmonxonada dam olish.

Day 6
Buxoro – sharq durdonasi (N/T/K)

Nonushtadan so’ng Buxoro shahrining tarixiy obidalariga sayohat: Poi Kalon Minorasi va Poi Kalon me’moriy majmuasi (12 asr), Mir Aram Madrasa va Mir Arab Masjid, qubbali bozorlar: Toqi Zargaron (16 asr), Toqi Telpak Furushon (16 asr) va Toqi Zaroffon (16 asr), Ulug‘bek Madrasa (15 asr), Abdulazizxon Madrasasi (17 asr), Labi Hovuz (16-17 asrlar) va Nodir Devon Begi Madrasasasi (1630). Tushlik Labi Hovuz bo’yida, tushlikdan so’ng: Ark qal’asi, Bolo Hovuz Ismoil Somoniy maqbarasi (9 asr), Chashma Ayub maqbarasi (14-19 asrlar), Sitorai Moxi xosa (Oy va yulduzlar o`rtasidagi joy deb, shoirona nomlangan, 19 asr), Bahovuddin Naqschband maqbarasi (14 asr), Chor Bakr me’moriy majmuasi (16-18 asrlar). Kechki ovqat shahar restoranlarining birida. Mexmonxonada dam olish.

Day 5
Shahrisabz – Amir Temurning ona yurti (N/T/K)

Nonushtadan so’ng ko’hna Shahrisabz shahriga yo’l olamiz. Shahrisabzda dunyoga mashhur Oq Saroy me’moriy majmuasi (1380-1405), Ko’k Gumbaz masjidi, Dorus Soadat me’moriy majmuasi va Jahongir maqbarasini ziyorat qilamiz. Tushlik shahar restoranlarining birida. Tushlikdan so’ng Samarqand shahriga boramiz. Kechki ovqat shahar restoranlarining birida. Mexmonxonada dam olish.

Day 3
Samarqand – yer yuzining sayqali (N/T/K)

Mexmonxonada nonushtadan so’ng dunyoga mashhur Registon me’moriy majmuasini va temuriylar maqbarasi hisoblanmish Go’ri Amir maqbarasini ziyorat qilamiz. Tushlikdan so’ng yer yuzining sayqali, azim shahar Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qilamiz: Bibi Xonim masjid va madrasasi (14 asr), Siyob bozori. Kechki ovqat shahar restoranlarining birida. Mexmonxonada dam olish.

Day 4
Samarqand – yer yuzining sayqali (N/T/K)

Nonushtadan so’ng butun dunyoga mashhur, Hadis ilimining Sultoni Imom al Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish uchun Samarqanddan 30 km shimolda joylashgan Imom al Buxoriy me’moriy majmuasiga tashrif buyuramiz. Ziyoratdan so’ng Samarqandga qaytamiz, tushlik shahar restoranlarining birida. Tushlikdan so’ng yer yuzining sayqali, azim shahar Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qilamiz: Shohi Zinda me’moriy majmuasi (9-14 asrlar) va Ulug’bek rasadxonasi (1428-1429). Soat 16:00 da Samarqand shahar temir yo’l vokzaliga boramiz. Sayohatimiz shu yerda tugaydi.

Narx o'z ichiga oladigan xizmatlar

  • Mexmonxonaning ikki / ko’p kishilik xonalarida dam olish
  • Toshkent → Qo’qon poezd chiptalari
  • Andijon → Xiva poezd chiptalari
  • Transport narxlari
  • Programmada ko’rsatilgan barcha ovqatlanishlar: 8x nonushta; 9x tushlik; 8x kechki ovqat
  • Tarixiy obidalarga kirish chiptalari

Narx o'z ichiga olmaydi

  • Sayohat programmasida ko'rsatilmagan barcha xizmatlar
  • Sayohat programmasida ko'rsatilmagan barcha ovqatlanishlar
  • Spirtli ichimliklar
  • Xusuyi xarid xarajatlari

You can send your enquiry via the form below.

O’zbekiston – buyuk ipak yo’lida
Price From
USD 300 Per Person
Add Travelers
Person
USD 300 Per Person
Need Help With Booking? Send Us A Message

Trip Facts

  • UZS 367.500
  • Nonushta / Tushlik / Kechki ovqat
  • 12 - 40
  • Qo'qon, Rishton, Marg'ilon, Farg'ona, Andijon, Xiva, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand