Inson hayotga kelibdimi, uni mazmunli o’tkaza olishni ham bilishi kerak. Hayotingizning har bir daqiqasini qiziqarli va unutilmas o’tkazishga odatlaning. Kundalik tashvishlar va muammolardan charchagan yurak sayohatlar qilishni juda xoxlaydi. Uydan uzoqda bo’lgan yurtlarda o’tkazgan kunlar inson uchun hayotining unutilmas onlari bo’lib tarixga mixlanadi. Boshqa mamlakatlarga tashrif buyurib, ularning madaniyati, aholisi, tabiati bilan tanishishim – ijobiy his-tuyg’ularga va ko’plab taassurotlarga ega bo’lishim mumkin. Bularning barchasi kundalik hayotdan, doimiy uy ishlaridan xalos bo’lishga va nihoyat, shunchaki hordiq chiqarishga ko’maklashadi. Shuning uchun, sayohatlar qilish zarurati har bir inson tug’ilish paytidan boshlab unga xosdir, deb hisoblash mumkin. Hattoki go’daklar ham asta-sekin o’zlarining tevarak-atroflarini o’rgana boshlashadi. Voyaga etgan inson borki bilimga chanqoqlikni his qiladi, u g’arbda yoki sharqda insonlar bizning madaniyatimizdan nimasi bilan ajralib turishini, mahalliy aholining hayoti va atrofdagilar bilan qanday muomalada bo’lishini bilishni istaydi. Ehtimol, bu yangi kashf qilingan o’lka unga g’oyat ajoyib, aql-zakovatga boy va iqtisodiy tarafdan o’ta rivojlangan narsa tuyulishi mumkin, hattoki ayrimlar shunday o’lkalarga ko’chib o’tishni ham istaydilar. Aslida, buning uchun sayohatlar qilish uchun yer yuzida juda ko’p manzillar mavjud. Ehtimol, siz ko’rgan o’lka sizning hayotingizning bir qismini topishga intilganingiz uchundir. Shunday ekan, do’stlar, siz o’zingizning tug’ilgan joyingiz, atrof-muhitingizga mahkam o’rnashishingizga hojat yo’q. Baxtingizni qidiring, shaharlar va davlatlarni kashf qiling, boshqa xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va tarixi bilan tanishing! Hayotingizning unutilmas onlarida biz sizning yoningizda bo’lamiz, biz bilan sayohat qiling!