Samarqand - Ruhobod maqbarasi
Ruhobod — majoziy nom, aslida Samarqand shayxi, alloma avliyo Burhoniddin Sogʻarjiy maqbarasi. Ruhobod maqbarasi nomi “Ruhlar maskani” degan ma’noni bildiradi. Uni 1380 yilda shayx Burhoniddin Sogʻarjiy qabri ustiga qurishadi. Tasavvuf olimi o‘zining e’tiqodi va avliyoligi bilan mashhur bo‘lgan. U ko‘p vaqtini ziyoratlarda o‘tkazar edi. Ammo u faqatgina Samarqandga dafn etilishini istar edi. Amir Temur ustozini juda hurmat qilar edi va maqbara yaqinidan o‘tayotganda doimo otning ustidan tushar edi. Ruhobod maqbarasida shayxning rafiqasi, bolalari va boshqa qarindoshlari dafn etilgan. Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (14-asrning 70-yillari) shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan jangdagi Toshqoʻrgʻon—chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashhur Shohruhshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan Sogʻarjiy qabriga bogʻlab, mahobatli baland maqbara tiklangan. Amir Temur maqbara taʼminoti uchun maxsus vaqfnoma (kuyib ketgan vaqfnoma qoldiqlari tarjimasi Oʻzbekiston davlat arxivida saqlanmoqda) chiqargan. Undan maʼlum boʻlishicha, maqbara va yonidagi bogʻ yirik daromad manbai boʻlgan.
Ruhobod maqbarasi binosi hozirgi Samarqand shahri markazi tomonidan koʻzga tashlanadi, galdagi rekonstruksiya davomida maqbara atrofidagi keyingi davr binolari buzib tashlanadi, natijada maqbara qaddi-qomatini yaqqol koʻrsatdi. Maqbara chorsixona, ustidagi 8 qirrali poygumbaz va oddiy gumbazdan iborat. Ichkarida nomaʼlum qabr daxmalar bor. Tashqi tomondan (janub) avliyo qabriga tutash devor sirkori sopol bilan peshtoq shaklida hoshiyalangan. Ichkarida naqshin bezak qoldiqlari saqlangan. Kirish eshigining (Buxoro amiri nomidan 19-asrda oʻrnatilgan) oʻymakor bezaklari orasida baliqlar shaklini kuzatish mumkin. Aholi mazkur avliyoga alohida ixlos va ehtirom bildirib, maqbara va u bilan bogʻliq maskanni Ruhobod deb atagan. 19-a. maqbaraga bogʻlab Madrasa (hozirgi darvozaxona va bir necha hujra saqlangan), masjid va minora qurilgan. Shoʻrolar davrida mazkur maskan diniy ziyoratgoh sifatida eʼtibordan chetda qolgan, tashlandiq holga kelgan edi. Hujralar qisman buzib tashlangan, guzar masjidida korxona joylashgan. Amir Temur tavalludining 660 yilligi arafasida maqbara atrofida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Ruhobod maqbarasi qayta gavjum ziyoratgohga aylandi.
Tarixi va afsonalar
Aytishlaricha Burhoniddin Muhammad payg‘ambarning soqolining yetti tolachasiga ega bo‘lgan. Tolachalar solingan mis quticha maqbara gumbazi orasiga suvab tashlangan.
Rivoyat qilishlaricha shayx Xitoyga islomni yoyish uchun boradi. Xitoy imperatori u va saroy sehrgari o‘rtasida musobaqa o‘tkazadi. Xitoylik sehrgar osmonga uchadi. Shayx duo qiladi va oyoq kiymini yechib u bilan sehrgarni urib tushiradi. Ko‘p mingli olomon hayron qoladi va uning oyoqlariga yiqilib: “Biz sening xudoinga iymon keltiramiz” deyishadi.
Natijada u Xitoy saroyida katta hurmat qozondi. Hattoki “Xitoy malikasiga” uylandi ham.
Me’morchilik haqida
Temuriylar davrining boshqa inshootlaridan farqli ravishda Ruhobod maqbarasida kirish peshtoqlari yo‘qligi uning tashqi tomonini teng ahamiyatli qiladi. Maqbara yarim dumaloq gumbazga ega kub shaklidaga bino bo‘lib, uni Shimol, G‘arb va Janub tomonlarida kirish yo‘llari bor. Tashqi pardoz ishlarida asosan pishgan g‘ishtdan foydalanilgan.
Burhoniddin Sogʻarjiy darveshlar jamiyati a’zosi bo‘lgani sababli maqbaraning ichki pardozi ham ancha kamtaronadir. Devorlar alabaster suvoq qilingan va ingichka koshinlar ko‘rini turadi. Sag‘anani XIX asrga oid o‘ymakor eshik ajratib turadi.
Keyngi yillarda esa maqbara yonida Xitoy usulida bezalgan jome masjidi barpo etildi. Harobaga aylangan inshootlar o‘rnida bir qavatli madrasa va minora bunyod etildi va hovuz qazildi.